Web -brauzer orqali routerning sozlamalar interfeysiga kiring (uning standart manzili - http://192.168.1.1/ foydalanuvchining standart nomi va paroli – admin). Buning uchun kompyuterni va LAN routerini kabel bilan ulang (kabelning bir uchi kompyuterning tarmoq kartasiga, ikkinchi uchi routerning LAN portiga).
Routerga kirish to'g'risidagi ma'lumotlar orqa tomonda joylashgan.
Quick Start (Tez boshlash) tugmasini bosing.
RUN WIZARD tanlang (Sozlamalarni ishga tushirin) va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
RUN WIZARD tanlang (Sozlamalarni ishga tushirin) va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
Siz yangi parolni kiritish orqali administrator hisobining parolini o'zgartirishingiz mumkin. Agar siz uni o'zgartirishni xohlamasangiz, standart parolni kiriting (admin) va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
Time Zone tanlang (Vaqt zonasi) va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
PPPoE / PPPoA tanlang va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
Sizga shartnomada berilagan shaxsiy kabinetingizni login / parolini kiriting, VPI 8 va VCI 35 qiymatlarni to'g'ri kiriting va Next (Keyingi) tugmasini bosing.
Agar sizning ADSL routeringiz simsiz bo'lsa va unga WI - FI orqali ulanishni xohlasangiz:
Access Point Activated (Kirish nuqtasi faollashtirildi) o’ranting,
SSID (mavjud tarmoqlar ro'yxatida wi-fi ning ko'rinadigan tarmoqdagi nomi)
Tarmoq kalitini kiriting (Sizning qurilmalaringiz Wi-Fi-ga ulanadigan parol, kamida 8 ta belgidan iborat)
Next (Keyingi) tugmasini bosing.
Sozlamalarni saqlash uchun Next (Keyingi) va Close (Yopishni) bosing.
Sozlash tugallandi.